

"Liverpul" Angliya kubogi yarim final o'yinida "Man Siti"ni 3:2 hisobida engdi. Bu "Liverpul" uchun 2019 yil 10 noyabridan beri o'zaro o'yinlardagi ilk g'alaba bo'ldi. O'shanda "Liverpul" "Siti"ni 3:1 hisobida mag'lub qilgandi. Shundan so'ng 5 o'yinning ikkitasida "Manchester Siti" g'alaba qozongan bo'lsa, uch marta durang qayd etilgandi.



