"Liverpul" 19 yoshli futbolchi uchun 60 mln evro taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
4 may 2018, 20:21
"Liverpul" Dortmundning "Borussiya"si vingeri Kristian Pulishichni sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Bild" xabariga ko'ra, mersisaydliklar 19 yoshli hujumkor yarim himoyachini 60 mln evroga sotib olmoqchi.

Bu mavsumda Pulishich "arilar" safida 40 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild