Lionel Messi faoliyatida ilk bor “Chelsi” darvozasiga gol urdi

21 fev 2018, 07:40
YCHL doirasida 1/8 bosqichida “Chelsi” “Barselona”ni o'z maydonida qabul qildi.

“Barselona” safida 75-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilgan Messi faoliyatida ilk bor “Chelsi” darvozasiga yo'l topishga erishdi. Bungacha “Chelsi”ga qarshi 8 ta o'yin o'tkazgan Messi birorta ham gol ura olmagan edi. Nihoyat 9-uchrashuvda Lionel gol urishga erishdi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia