"Lion" transfer oynasi so'ngiga qadar Azmunni xarid qilishni xohlamoqda

Alisher
24 avg 2021, 14:00
"Lion" "Zenit" va Eron terma jamoasi hujumchisi Syerdar Azmunga qiziqmoqda.

 Fransiya klubi ustozi Petr Bos Azmunni yozdagi jamoaning bosh transfer maqsadi sifatida belgilab oldi.

"Lion" 26 yoshli eronlikning agenti bilan bog'landi va uni 7 kundan so'ng yopiladigan transfer oynasi so'ngiga qadar xarid qilishga urinmoqda.

Azmun 2019 yildan beri "Zenit"da o'ynaydi, uning hisobida 89ta o'yinda 57ta gol bor. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato