"Lion" navbatdagi uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 20:22
Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) "Lion" - "Marsel" uchrashuvi vaqtida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruvni boshladi.

O'yinning 2-daqiqasida muxlislardan biri mehmonlar yarim himoyachisi Dimitri Payetga shisha uloqtirdi. Tashkilot "Lion"ning navbatdagi uy uchrashuvini bo'sh tribunalarda o'tkazishga qaror qildi.

Keyingi jazo choralari va o'yinning o'tkazilish-o'tkazilmasligi to'g'risidagi qarorlar 8 dekabr kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lfp.fr