Dimitri Payet koronavirusga chalindi

Alisher
21 avg 2020, 10:44
"Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payetning koronavirus uchun topshirgan testi musbat natija berdi.

Bu klubdagi kasallanish bilan bog'liq 5-vaziyatdir. "Marsel"da bundan oldin 3ta zararlanish holati qayd etilgan. Bunga qadar esa bitta musbat natija bo'lgandi.

Fransiya chempionati 1-tur doirasidagi "Marsel" - "Sent-Eten" o'yini marselliklar tarkibida COVID-19 holati mavjudligi tufayli ko'chirildi.

O'yin bugunga belgilangan edi. Endi esa bahs 16 yoki 17 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com