"Lion" ingliz klubining taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2020
"Lion" hujumchisi Bertran Traore "Aston Villa"ga o'tmaydi, deb xabar bermoqda Footmercato.

Nashrning yozishicha, ingliz klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olishni niyat qilgan va u uchun 17 million evro taklif qilgan. Biroq "Lion" futbolchini sotishni xohlamagan.

25 yoshli Traore "Lion"da 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U klub uchun barcha turnirlarda 126 uchrashuv o'tkazib, 33 ta gol urgan va 17 ta golga assistentlik qilgan. Uning francuz klubi bilan shartnomasi 2022 yilning iyunigacha mo'ljallangan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato