"Aston Villa" Traorening transferini e'lon qildi

Alisher
19 sen 2020
"Lion" hujumchisi Bertran Traore "Aston Villa"ga o'tdi.

Transfer narxi ma'lum qilinmayapti.

"Biz Bertranning "Aston Villa"ga o'tganidan mamnunmiz. U bizning hujumdagi imkoniyatlarimizni oshiradigan yuqori iqtidorli o'yinchidir", - deydi klub bosh murabbiyi Din Smit.

Bertran Traore oldin ham Premer-ligada to'p tepgan - 2014-2017 "Chelsi" safida. U "ko'klar" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etgan. Uni 2017 yilda "Lion" 10 mln evro evaziga xarid qilgan.


AlisherMuallif
Manba: avfc.co.uk