"Aston Villa" Traore uchun 19 million funt to'laydi

Alisher
14 sen 2020, 12:33
"Lion" hujumchisi Bertran Traore "Aston Villa"ga o'tishga yaqin.

Birmingem klubi 25 yoshli futbolchi uchun 19 million funt sterling to'laydi. O'yinchining o'zi 4 yillik shartnoma tuzadi.

Rasmiylashtirish yakuniga yetishi uchun o'yinchiga Buyuk Britaniyaga borish uchun viza kerak, shu sabab u 14 sentyabrda u chet elda tibbiy ko'rikdan o'tadi, chorshanba kuni esa Birmingemga yo'l oladi.

Burkina-Fasoda tug'ilgan o'yinchi oldin ham APLda ishtirok etgan, u Londonning "Chelsi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Vinger o'tgan mavsum "Lion" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC