"Lion" Fekir va "Liverpul" haqidagi mish-mishlar borasida rasmiy bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2018, 14:32
"Lion" klubi matbuot xizmati yarim himoyachi Nabil Fekirning yozda "Liverpul"ga o'tishi borasidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

Oldinroq, 24 yoshli futbolchi tez orada mersisaydliklar uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi e'lon qilingan edi.

"Nabil Fekirning transferi borasidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. "Lion" bu xabarlar yolg'on ekanligini ma'lum qildi" - deyiladi Fransiya klubi "tvitteri"da.

Fekir so'nggi mavsum "Lion" safida Fransiya chempionatining 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com