"Lion" "Atletiko" transfer qilmoqchi bo'lgan o'yinchini ilib ketdi

Alisher
30 yanv 2020, 15:54
"Atletiko Paranaense" yarim himoyachisi Bruno Gimaraysh "Lion" o'yinchisiga aylandi.

Braziliyalik futbolchi yangi klubi bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

"Lion" 22 yoshli markaziy yarim himoyachisi uchun "Atletiko Paranaense"ga 20 million evro to'ladi.

Ta'kidlab o'tish kerakki, o'yinchiga shuningdek Madridning "Atletiko" klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi, ammo transferlar kurashida francuz klubiga imkoniyat boy berildi.

Bruno joriy mavsum barcha musobaqalarda sobiq jamoasida 35ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ol.fr