Lingard yozda erkin agent bo'ladi. Unga "Barselona" va "Milan" qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2021, 09:54
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingard yozda klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga "Barselona" va "Milan" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Futbolchining o'zi faoliyatini Ispaniya yoki Italiyada davom ettirishga qarshi emas. 

Lingardning o'zi MYU tomonidan taklif etilgan yangi shartnomaga imzo chekishni istamadi. U klubi safida o'yin amaliyoti kam bo'lib, Angliya terma jamoasi safida JCH-2022ga bora olmaslikdan havotir olmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN