Lingard Manchester derbisida "Yunayted" g'alaba qozonishiga ishonadi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2018, 18:53
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardning fikricha, uning jamoasi yaqinlashib kelayotgan "Manchester Siti"ga qarshi derbida raqibni mag'lub etishga qodir.

Ushbu bahs 7 aprel kuni bo'lib o'tadi.

"Biz "Etixad" stadionida avval ham o'ynaganmiz va yaxshi natijaga erishganmiz. Nega endi buni takrorlamasligimiz kerak? Futbolchilar bor e'tiborini ushbu bahsga qaratishlari lozim.

Ushbu uchrashuvga odatiy o'yindek qarash kerak, chunki boshqa narsalar hayolingizni chalg'itishi mumkin" - deydi Lingard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports