Lineker: "Mbappe Ronalduni almashtira oladi, ammo Messini emas"

Alisher
15 iyun 2021, 14:03
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker fransiyalik forvard Kilian Mbappe haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ekspert PSJ hujumchisini portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messi bilan taqqosladi.

"Kilian tayyor jahon yulduzi. U Ronalduni almashtira oladi deb o'ylayman, ammo Messini emas. Leo boshqa o'yinchilar qila olmaydigan ishlarni qilishga qodir", - deydi angliyalik.

22 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal