

"Lill" bosh murabbiyi Paulu Fonseka hujumchi Jonatan Devidning kelajagi xususida gapirdi.
"Keyingi mavsumda Jonatan Devidni klubda saqlab qolish qiyin bo'ladi. Yevropada u kabi mahoratli va ko'rsatkichlari yuqori hujumchilar kam. Qolaversa, u endigina 22 yoshda. O'ylaymanki, Yevropaning yetakchi klublari Jonatanni qo'lga kiritishga harakat qiladi", – dedi mutaxassis.
Devid ketma-ket ikkinchi mavsum "Lill"ning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.



