"Lill" Fransiya chempionati to'purari narxini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
17 apr 2023, 13:56
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid hamon Yevropa top-klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Francuz klubi esa kanadalik hujumchisi transfer narxini ma'lum qildi. Jamoa Jonatan uchun 65 mln evro so'ramoqda. Klubdagilar yozda David bo'yicha ko'plab takliflar bo'lishiga ishonadi. 

David bu mavsum "Lill" tarkibida chempionat doirasida 20 ta gol urishga erishdi va to'purarlar poygasida Kilian Mbappe bilan qo'shhokimlik qilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchining o'zi "Barselona"da o'ynashni orzu qilishini aytgandi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal