"Arsenal" va "Milan" 50 mln evrolik futbolchi uchun kurashishmoqda

Alisher
1 may 2022, 10:12
"Lill" forvardi Jonatan David faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 22 yoshli kanadalik uchun "Arsenal" va "Milan" da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, francuz klubi rahbariyati o'yinchi bilan 50 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

David joriy mavsum 44ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi. Transfermarkt o'yinchini 50 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira