

Le Parisien manbaga ko'ra, bu masala Professional futbol ligasi direktorlar kengashining oxirgi yig'ilishida ko'tarilgan.
Gap Liga 1'dagi klublarning soni 20 tadan 18 taga qisqarishi haqida ketmoqda. Shu bilan birgan direktorlar kengashining ayrim vakillari chempionatdagi jamoalar soni 16 ta bo'lishini maqbul hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, Fransiya chempionati jamoalari soni 2022/23 yilgi mavsumdan o'zgarishi mumkin. Bu televizion translyatsiyalaridan keladigan foydaning pasayishi bilan bog'liq.



