

Unda “Marsel” va “Lill” jamoalari o'zara kurash olib bordi. Dramatik kechgan bahsda “Lill” to'purari Nikolya Pepe 45 va 90-daqiqalarda 2 ta gol urgan bo'lsa, unga zaxiradan maydonga tushgan “Marsel”ning yangi a'zosi Mario Balotelli so'nggi daqiqalarda javob qaytardi.
Shu tariqa o'yin “Lill”ning mehmondagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Marsel” – “Lill” 1:2
Gollar: 0:1 – 45, penalti Pepe, 0:2 – 90 Pepe, 1:2 – 90 Balotelli.
Marsel – Mandanda, Kamara (Balotelli, 74), Rolandu, Luis Gustavo, Sarr, Lopes, Strotman, Amavi (Rokkya, 88), Toven, Mitroglu (N`Ji, 74), Radonich.
Lill – Menyan, Chelik (Pe, 49), Fonte, Sumaoro, Kone, Tiago Mendes, Sheka, Pepe (Remi, 90), Ikone, Bamba, Rafael Leau (Sumare, 88).
Ogohlantirishlar: Kamara (18), Luis Gustavo (45), Strotman (45), Sumaoro (50), Rafael Leau (66), Sheka (70), Radonich (73), Rolandu (90).
Chetlatish: Toven (67).


