"Lids"ga "Liverpul" hujumchisi kerak

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 16:45
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi faoliyatini Angliyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Lids" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Divok qishki transferlar oynasi vaqtidayoq "Lids"ga ijaraga berib yuborilishi va yozda to'liqligicha ushbu jamoa a'zosiga aylanishi mumkin.

Origi ushbu mavsumda "Liverpul" tarkibida 3 o'yinda qatnashdi va hisobiga 1 gol hamda 1 assist yozdirib qo'ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider