"Lids" muxlislari Rassel Kroudan jamoani sotib olishni so'rayapti

Aslanov Jasurbek
26 fev 2015, 13:46
"Lids Yunayted" muxlislari mashhur aktyor Rassel Krouning jamoani xarid qilishi haqidagi taklifga ijobiy fikr bildirishdi.

50 yoshli aktyor hozirda Avstraliyaning "Saut Sidney Rebitos" regbi klubi egasi hisoblanadi va u "Lids"ning ashaddiy ishqibozlaridan biri.  Krou "tvitter"da muxlislardan "Lids"ni sotib olish yaxshi g'oyami" - deb so'ragan.

Bunga javoban "Lids" ishqibozlari guruhi vakili rasmiy bayonot berdi. "Rassel - jamoamizning mashhur muxlisi, avvallari u yillik abonement sotib olar edi. U jamoaning egasi bo'lsa biz faqat xursand bo'lamiz" - deyiladi bayonotda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com