"Leyptsig"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri yil oxirigacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2023, 10:28
Futbolchi jarohat olgan.

"Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo yil oxiriga qadar maydonga tushmaydi. Bu haqda "Sky Sport Germany" nashri xabar berdi.



Futbolchi "Kyoln"ga qarshi o'yinda jarohat olib, atigi 7 daqiqani maydonda o'tkazdi. Ispaniyalik futbolchiga klavikulyar bo'g'imning cho'zilishi tashxisi qo'yilgan. Nemis OAVning yozishicha, futbolchi yil oxirigacha maydonda ko'rinish bermaydi.

Olmo 2020 yildan beri "Leyptsig" safida to'p tepadi. 25 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany