“Levante” 88-daqiqadagi gol evaziga “Vilyarreal”ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017, 01:38
Ispaniya chempionatining 1-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi.

“Levante” jamoasi o'z maydonida “Vilyarreal” klubini qabul qildi. Valensiyadagi “Syudad de Valensiya” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Yagona gol o'yinning 88-daqiqasida “Levante” yarim himoyachisi Xose Morales tomonidan kiritildi. Morales belgilangan penaltini golga aylantirib, jamoasiga mavsumning ilk o'yinidagi dastlabki g'alabani taqdim etdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif