

32 yoshli polshalik hujumchi yakka tartibda shug'ullanmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Robert Polsha terma jamoasida olgan jarohatidan tiklanmoqda. Shu sabab Levandovski CHL 1/4 final PSJga qarshi javob o'yinini ham o'tkazib yuboradi.
Javob o'yini 13 aprelda Parijda bo'lib o'tadi. Ilk o'yin PSJning Myunxendagi 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.



