Levandovski YCHLda uchta turli jamoa safida xet-trik amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2022, 07:57
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasida uchta jamoa safida xet-trik qayd etgan ilk futbolchi bo'ldi.

U "Barselona" safida YCHLdagi 1-tur uchrashuvida "Viktoriya Plzen" jamoasiga uchta gol urdi. Jamoa esa 5:1 hisobida g'alabaga erishdi. 

Bungacha u Chempionlar ligasida "Borussiya" (1 marta) va "Bavariya" (4 marta) safida xet-trikka erishgan edi. Endi esa u yangi jamoasi "Barselona"da ham bitta uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta