Lev ikki futbolchini termaga qaytarishi mumkinligini aytdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 17:56
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev himoyachilar Mats Xummels va Jerom Boatengni milliy jamoaga qaytarish mumkinligini aytdi.

"Qachonki ular yaxshi jismoniy holatda bo'lishsagina termaga qaytishlari mumkin. Biroq so'nggi o'yinlarda bu sezilmayapti.

Bir necha oylardan keyin nimalar bo'lishini bilmayman. Barchasi o'zlarining o'yinlariga bog'liq. Yaxshi o'yin ko'rsatganlarni termaga chaqiraman.

Termada barcha futbolchiga bir narsani ko'p qaytaraman: qachonki hujumda 7-8 futbolchi o'ynasa, himoyachilarning potenciali yuqori bo'lishi kerak.

Tan olish kerak, bizda balans yetishmayapti. Himoyachilarimiz sekinlashib qolgani uchun raqib hujumchilari bizdan osonlik bilan o'tib ketishmoqda", - dedi Lev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild