"Lester"ga qarshi bahsda "Liverpul" darvozasini Minole va Karius qo'riqlamaydi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2017, 18:13
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Lester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogining 3-raund bahsida darvozani kim qo'riqlashini aniqlab oldi.

Mutaxassis bu haqda o'yinoldi matubot-anjumanida aytib o'tdi.

"Agar jiddiy hech narsa sodir bo'lmasa, ertangi bahsda darvozamizni Denni Uord qo'riqlaydi" - deydi Klopp.

Denni Uord 2012 yildan beri "Liverpul" safida to'p tepadi. 24 yoshli uelslik o'shandan beri asosiy jamoaning 2 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yuborgan.

"Lester Siti" - "Liverpul" bahsi 19 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com