“Lester” Riyad Marezni APL klublariga sotmaslikka qaror qildi

10 fev 2018, 09:35
Klub Marezni boshqa chempionat klublariga sotishi mumkin.

ESPN ma'lumotlariga ko'ra, “Lester” rahbariyati Riyad Marez bilan murosa qilishga intilmaydi. Klub Marezni boshqa ingliz jamoasiga topshirib qo'ymaydi.

“Tulkilar” jazoirlik o'yinchining tinchlanishi va shartnoma bo'yichi ishlashni davom ettirishi kerak deb hisoblaydi. Marez boshqa chempionat vakillariga sotilishi mumkin.

Avvalroq, Marez qariyb o'n kun jamoa mashg'ulotlariga kelmay, “Man Siti”ga o'ta olmagani uchun klubga norozilik bildirgandi. Ammo Riyad kecha klub mashg'ulotlarida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN