"Lester" muxlislari Madrid policiyasi hujumiga uchradi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2017, 18:14
"Lester Siti" muxlislari "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final ilk uchrashuvidan oldin Madrid policiyachilari hujumiga uchradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz muxlislarining bir guruhi shaharni sayr qilayotganida ularga poytaxt policiyasi hujum qilgan. BBC kanali xodimi Fil Makkining so'zlariga ko'ra, jamoat qoidalarini buzmagan muxlislarni policiyachilar kaltaklashdi.

"Boshiga, qo'l va oyoqlariga urilgan ishqibozlarning bazi joylari ko'karib qolgan. Ularning hammasi shokda" - deydi jurnalist.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС 5 live