"Lester" himoyachisi "Arsenal" libosini kiyib suratga tushdi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2021, 22:35
Ijtimoiy tarmoqlarda "Lester"ning fransiyalik himoyachisi Uesli Fofananing "Arsenal" formasini kiyib olgan surati paydo bo'ldi va "kanonirlar" tarafdorlarining munozaralariga sabab bo'ldi.

Fofana tezda vaziyatni tushuntirishga va "Lester" muxlislarining g'azabini yumshatishga harakat qildi.

"‘Arsenal’ formasidagi yigitlar meni aldashdi. Do'stlarim bilan futbol o'ynadim, o'yin oxirida liboz almashdik. Keyin suratga tushdik. Bu o'rtoqlik o'yini edi va hazilona surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketadi, deb o'ylamagandim.

Muxlislar oldida xijolatman va ushbu g'avg'oni yaratgan yigitlardan g'azabdaman. ‘Arsenal’ muxlislaridan uzr so'rayman, menda qizil rang bilan bog'liq kelishmovchilik yo'q, lekin hozir qalbimda faqat ko'k rang jo'sh uradi", - deydi "tulkilar" himoyachisi o'z tvitter sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif