“Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

1 fev 2020, 08:25
Transferlar oynasining so'nggi daqiqalarida yana bir xarid amalga oshdi.

“Lester” “Vulverxempton”dan Rayan Bennettni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Agar Bennett etarli o'yinda maydonga tushsa, u holda “Lester” futbolchini mavsum so'ngida 5 mln funtga sotib oladi.

29 yoshli Bennet markaziy himoyachi hisoblanadi. U jamoaning asosiy himoyachilari Chag'lar Suyunju hamda Jonni Evansga o'rinbosar sifatida olib kelindi.

Futbolchi joriy mavsum “bo'rilar” safida 11 ta o'yin o'tkazdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: “Лестер” расмий сайти