"Lester" Abraxamga qiziqmoqda. "Chelsi" forvardni 40 mln funtga baholamoqda

Alisher
21 may 2021, 11:52
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam APLning navbatdagi klubi e'tiborini tortdi.

23 yoshli o'yinchiga "Vest Xem", "Aston Villa" va "Nyukasl"dan so'ng "Lester" ham qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "Chelsi" Abraxamni 40 mln funtga baholamoqda.

Hujumchi joriy mavsum London klubi tarkibida APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail