Leonardu Jardim - "Monako"ning yangi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2014
"Monako" klubining yangi bosh murabbiyi etib Leonardu Jardim tayinlandi, deb xabar bermoqda goal.com nashri.
Portugaliyalik murabbiy Fransiya klubi bilan 3 yillik shartnoma tudi. Bu haqda rasmiy ma'lumot juma kuni e'lon qilinadi.

Jardim o'tgan mavsum yakunida klubdan ketgan Klaudio Ranerining o'rnini egallaydi.

O'tgan mavsumda Jardim Lissabonning "Sporting" klubi bilan ishladi. Jamoa Portugaliya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va YCHLga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Oldinroq Jardim "Olimpiakos", "Braga", "Beyra-Mar" va "Shavish" klublarida ishlagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net