Lempardning kelajagi bugun o'tadigan “Lester”ga qarshi o'yinga bog'liq

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2021, 19:30
Angliya chempionati 18-turidan o'rin olgan “Lester” – “Chelsi” o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20 yanvarga o'tar kechasi soat 01:15 da start oladi.

“Aristokratlar” mazkur uchrashuvda yutqazgan taqdirda jamoa ustozi Frenk Lempard iste'foga chiqariladi, deya xabar bermoqda jurnalist Saymon Jonson.

Manbaga ko'ra, rahbariyat Lempardning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislarning nomzodini ko'rib chiqmoqda.

“Chelsi” musobaqa jadvalida 29 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru