Lempard Temmi Abraxamning safdan chiqqanligini tasdiqladi

“Chelsi” ustozi jamoaning asosiy hujumchisi yana jarohat olganini tasdiqladi.

“Echim topishga harakat qilyapmiz. Jarohatlar sabab Abraxamda yallig'lanish vujudga keldi. Og'riqlardan xalos bo'lishga imkoniyat qidiryapmiz. Albatta, bu xafa qiladi. Biroq u jarohat olib bo'lgan. Bir necha kun kutish kerak. Hozircha hech qanday yakuniy fikr yo'q”, - deydi Lempard.


Manba: Goal.com