Lempard: "Kallum o'zimga ham kerak"

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 14:41
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoining "Bavariya"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Bavariya" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi va myunxenliklar futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishi mumkinligi aytilgandi.

"Kallum o'zimga ham kerak, u mening rejalarimda bor. "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda u juda yaxshi o'ynadi, ikkinchi bo'limda juda agressiv harakat qildi", - dedi Lempard.

Kallum "Chelsi" tarkibida 65 o'yinda 9 gol va 11 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal