

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Manchester Siti" safida "Chelsi" darvozasiga urgan goli tufayli ushbu muvaffaqiyatga erishdi. Lempard goli bilan "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Endi Koulning rekordini yangiladi. Frenk Angliya Premer-ligasining 39ta jamoasiga gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi.



