Lempard: "Futbolchi sotib olinadimi yoki akademiyadan keladimi menga farqi yo'q"

Mirjalol Normatov
10 sen 2020, 22:57
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoaning yangi mavsum uchun tarkibi haqida gapirdi.

"Asosiy tarkibni aniqlayotganda doimo yakdilman. Men uchun futbolchining sotib olingani yoki akademiyadan kelgani muhim emas. Ayrim murabbiylar doimo bir xil tarkibni o'ynatadi. Men esa futbolchilarning mashg'ulotlariga qarab doimo barchaga imkon beraman.

Har bir futbolchi mavsumga pozitiv kayfiyatda tayyorlanishi, mashg'ulotlarda bor kuchini berishi kerak. Shunga qarab biz harakatimizni qilamiz", - dedi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal