

Avvalroq, "Chelsi" Frenk Lempardni mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qilgandi.
"O'ylaymanki, ular klubni oldinga olib boradigan odamni izlashmoqda. Men esa ayni paytda qo'limdan kelgan barcha ishni qilish uchun kelganman.
Oldindan biror gap ayta olmayman. O'zim uchun belgilangan vaqtda ishni bajarish uchun shu yerdaman. Keyin ko'ramiz, nima bo'larkin", - dedi Lempard.



