Lempard: “Barchasini tez o'zgartirib yuboradigan “sehrli tayoqcha” yo'q”

Eldor Akmurzayev
9 fev 2022, 08:00
APL 24-turida “Everton” safarda “Nyukasl”ga yutqazib (1:3) qo'ydi.

Bu Frenk Lempard uchun mersisaydliklar boshqaruvidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.

“Albatta, hozir futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi juda past darajada. Bu bizga halaqit qilmoqda. Yomon natija qayd etayotgan klubga keldim. Buni darhol tuzatish uchun “sehrli tayoqcha” mavjud emas. Bu APL – bu yerdan oson emas. Qilishimiz kerak bo'lgan yagona narsa bu ko'p mehnat qilish va oldinga intilishdir”, deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BT Sport