

Manba ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi jamoa ixtiyorida yagona hujumchi - Terno Barri qolganligi sababli shoshilinch ravishda yangi hujumchi izlamoqda.
30 yoshli francuz Marsyalning oxirgi klubi "Monterrey" bo'lib, u yerda 2025 yil sentyabridan 2026 yil iyunigacha to'p tepgan. U 20 ta o'yinda 1 ta gol urgan.
Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida AEK, "Manchester Yunayted", "Sevilya", "Monako" va "Lion" klublarida ham o'ynagan.
Transfermarkt Fransiya terma jamoasining sobiq a'zosi transfer qiymatini 3,5 million evroga baholamoqda.



