Legionerlarimiz. G'ofurov jamoasi yarim finalga yo'llanma oldi

Iskandarov Abdulaziz
3 yanv 2022, 19:11
Tajribali himoyachi Asror G'ofurov bu yildan faoliyatini Bangladesh chempionatida davom ettirmoqda.

U “Saif Sporting” klubi sharafini himoya qilmoqda. 

G'ofurov jamoasi bilan Bangladesh kubogi yarim finaliga yo'llanma oldi. Chorak final bahsida u “Svidhinata”ga qarshi o'ynadi. O'zbek derbisi ostida kechgan bahs 2:0 hisobida “Saif” jamoasining g'alabasi bilan yakun topdi.

Shu tariqa, “Saif Sporting” 6 yanvar kuni Mohemeddan Dakka”ga qarshi yarim final bahsida maydonga tushadi. 

Chorak final

“Saif” – “Svidxinata” – 2:0

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia