"Lechche" futbolchisi Amorimning birinchi xaridi bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025, 13:39
"Manchester Yunayted"ning Ruben Amorim qo'l ostidagi ilk transferi "Lechche" himoyachisi Patrik Dorgu bo'lish ehtimoli bor.

Amorim "Yunayted" ajratayotgan kichik miqdordagi resursni chap qanot himoyachisini kuchaytirishga sarflamoqchi.

"The Independent" xabariga ko'ra, MYU Dorguni maqsad qilib olgan, chunki u Amorim afzal ko'radigan vingbek sifatida o'ynashga odatlangan.

Hujumchi Rasmus Xoylundning Daniyadagi termadoshi bo'lgan 20 yoshli Dorgu "qizil iblislar" uchun PSJ a'zosi Nunu Mendeshdan ko'ra haqiqatga yaqinroq maqsad hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent