Lavessi tirsagini sindirib oldi FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2016
Argentina terma jamoasi hujumchisi Esekel Lavessi Amerika kubogi yarim finalida AQSHga qarshi o'yinda (4:0) jarohat oldi

Uchrashuv vaqtida Lavessi to'pni to'xtatish chog'ida reklama shitiga borib urildi va erga noqulay yiqildi. Oqibatda uning tirsagi sindi. 31 yoshli futbolchi musobaqaning finalida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Lavessi Amerika kubogida ikkita o'yin o'tkazib 2ta gol urdi. Argentinaning finaldagi raqibi ertaga tongda aniqlanadi. Yarim finalda Kolumbiya va Chili to'qnash keladi.


TAS-IX



Video ne v TAS-IX

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Four-Four-Two