Lautaro: "Messi argentinaliklar uchun Maradona kabi muhim"

Tolibjon Qosimov
20 dek 2019, 18:19
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona" forvardi Lionel Messining Argentina uchun muhimligini yuqori baholadi.

"Biz argentinaliklar uchun Messi xuddi Maradona kabi muhim. U dunyoda eng zo'ri, u bilan o'ynash - bonus. Leoga Jahon kubogini yutishda yordam berolsam ajoyib bo'lardi", - dedi Martines.

Shuningdek, "neradzurrilar" o'yinchisi kataloniyaliklarning qiziqishi haqida ham gapirdi.


"Menga katta klublarning qiziqayotgani yoqadi. Bu yaxshi ishlayotganimni va o'sayotganimni isboti.

Lekin, men bu yerda baxtliman. "Inter" - mening uyim. Konte yanada kuchli bo'lishimda yordam bermoqda, u menga o'yin amaliyoti bermoqda va menga ishonmoqda", - dedi Lautaro "La Repubblica"ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com