Lautaro Martines: "Barselona"ga o'tishga yaqin turgandim"

Mirjalol Normatov
6 may 2021, 23:14
"Inter" forvardi Lautaro Martines "Barselona"ga o'tishga yaqin kelganini aytib o'tdi.

"Haqiqatdan ham, "Barselona"ga o'tishga yaqin kelgandim, buni Messi bilan muhokama qildim ham. Biroq u klubda moliyaviy holat yaxshi emasligini aytdi va men qolishga qaror qildim.

Bu yaxshi qaror bo'ldi. Biz chempion bo'ldik. Bolaligimdan shuni orzu qilardim. Demak, qolganim yaxshi ish bo'lgan", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal