Laporta: "Messini "Barselona"da saqlab qolish uchun barchasini qilaman"

Alisher
17 fev 2021
"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta 33 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.

"Leo - hayotda g'olib, u "Barselona" bilan sovrinlar yutishni xohlaydi. Men Messini jamoada saqlab qolish uchun barchasini qilaman. Garchi pul sovrinlarni kafolatlamasada, biz unga yaxshi taklif beramiz.

Lionel klubimiz uchun bebahodir", - deydi Laporta.

Messining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Forvard bilan "Manchester Siti" va PSJ klublari shartnoma imzolashni xohlamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports