

"Barselona" klubi futbolchisi Lamin Yamal yangi mavsumni 19-raqamda o'tkazadi. Katalon klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlarida bu haqda e'lon qildi. Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida 19-raqamda klub afsonasi Lionel Messi ham o'ynagan.
O'tgan mavsum Yamal 27-raqamda to'p tepgandi.
Ma'lumot uchun, o'tgan hafta "Barselona" Yamalga 10-raqamni berishga tayyorligi xabar berilgandi. Hozirgi kunda 10-raqam jamoadagi kelajagi noaniq bo'lib turgan Ansu Fatiga tegishli hisoblanadi.



