Lamin Yamal XXI asr La Liga rekordini o'rnatdi

Khoja
27 may 2025, 09:10
“Barselona“ning 17 yoshli vingeri Lamine Yamal La Ligada golli uzatmalar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Bu haqda Opta Sports xabar bermoqda.

Statistik portalning yozishicha, 21-asrda Ispaniya chempionatida 20 yoshgacha bo'lgan hech bir futbolchi bir mavsumda bunchalik ko'p golli uzatmani amalga oshirmagan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda 17 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining 35 ta uchrashuvida qatnashib, 9 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman olganda, vinger 2024/2025 yilgi mavsumda Kataloniya klubi safida 55 ta o'yin o'tkazgan. Ularda Yamal 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Opta Sport