Lamin Yamal "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025, 18:24
"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal kelajakda "Real"ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.

"Kun kelib "Real"ga o'tish? Hech qanaqasiga. Buning butkul imkoni yo'q. Umuman yo'q. "Real" Madrid - yo'q".

Eslatib o'tamiz, Yamal - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. "Ko'k-anorranglilar" safida u 83 ta o'yinda 18 ta gol urgan va 22 ta golli uzatma etkazib bergan. 17 yoshli vingerning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Qaerlardadir, bu intervyuni o'qigan Luish Figu yosh hamkasbiga "Hech qachon, hech qachon dema", degan bo'lsa ajab emas...

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо